Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Mintaqaviy hamkorlik – barqaror taraqqiyot garovi

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatdagi ikkinchi sammitda ilgari surgan masalalari menda deputat sifatida chuqur taassurot qoldirdi. Davlatimiz rahbari tomonidan bayon etilgan har bir tashabbus – mamlakatimiz va butun mintaqa uchun strategik ahamiyatga ega yo‘nalishlarni belgilab berdi.

🔹Prezidentimiz ta’kidlagan savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalaridagi hamkorlik masalalari, Bo‘stonliq tumanimiz uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Hududimizning geografik joylashuvi, tabiiy resurslari va turizm salohiyati mintaqaviy hamkorlik orqali yanada samarali foydalanish imkonini beradi. Ekologik hamkorlikni kuchaytirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish Bo‘stonliq aholisi uchun toza havo, sog‘lom muhit va barqaror turizmni ta’minlaydi.

Bundan tashqari, sammitda ta’lim va inson kapitaliga oid g‘oyalar ham ilgari surildi. Bu esa yoshlarimiz uchun yangi bilim, kasbiy ko‘nikmalar va xalqaro hamkorlikdagi loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini yaratadi.

🔹Deputat sifatida mening fikrimcha, ushbu tashabbuslar tumanimizdagi mahalliy dasturlar bilan uyg‘un ravishda amalga oshirilsa, Bo‘stonliq nafaqat mamlakatimizda, balki butun Markaziy Osiyo miqyosida zamonaviy, barqaror rivojlanayotgan hudud sifatida namoyon bo‘ladi.

Prezidentimiz ilgari surgan g‘oyalar – tinchlik, hamjihatlik va taraqqiyotning kafolatidir. Biz, xalq vakillari, ushbu tashabbuslarni joylarda hayotga tatbiq etish orqali Vatanimiz ravnaqiga, xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shishimiz lozim.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati O.Babayev

Slide 1 of 1