Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbe shahrida o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi ishtiroklari va nutqlari mamlakatimiz tashqi siyosatining izchil va pragmatik yo‘nalishini yana bir bor yaqqol namoyon etdi. Prezidentimiz tomonidan bildirilgan fikr va tashabbuslar, avvalo, hamdo‘stlik doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, transport, energetika va raqamlash­tirish sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, global siyosat va iqtisodiyotdagi beqarorlikka qaramasdan, MDH o‘z barqarorligini saqlab qolmoqda. Bu esa, so‘nggi yillarda O‘zbekiston tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ochiq, pragmatik va o‘zaro manfaatli hamkorlik siyosatining samarasi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Ayniqsa, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, investitsion va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilgari surilgan takliflar amaliy natija beradigan aniq yo‘nalishlardir. Prezidentimiz taklif etgan “MDH Venchur platformasini yaratish”, Innovatsion sanoat forumini Toshkentda o‘tkazish, shuningdek, Yoshlar forumini Xivada tashkil etish tashabbuslari — mamlakatimizda ilm-fan va yoshlar salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Donoxon Maxmudova

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati