Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va jamiyatda halollik muhitini qaror toptirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz raisligida joriy yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Bugun ushbu vazifalar ijrosi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Kengash raisi, tuman hokimi Shuxrat Nazarov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy kengash deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda "mahalla yettiligi" vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi Shahobiddin Hasanov va tuman prokurorining o‘rinbosari Miraxmed Pardayevning axborotlari tinglandi. Taqdimotlarda tumandagi korrupsiyaviy holatlar tahlil qilinib, ularning oldini olish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, profilaktik ishlar, tahdid manbalari va nazorat mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.

Yakunda mas’ullarga har bir tashkilotda korrupsiya xavflarini baholash va bartaraf etish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqish, xodimlar o‘rtasida halollik va mas’uliyat muhitini mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar topshirildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolar manfaatini ta’minlash, ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini hayotga tatbiq etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoaviy mas’uliyatni kuchaytirishdan iborat.

Slide 1 of 6