Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
Aholi murojaati asosida elektr tarmoqlari yangilandi:

Aholi murojaati asosida elektr tarmoqlari yangilandi:

Xald deputatlari Termiz tuman Kengashi 11-Sabzipoya saylov okrugidan saylangan deputat S.Ikromovga o‘zi saylangan hududdagi aholi yashash manzillarida uzoq yillar davomida foydalanilib kelinayotgan yog‘och elektr ustunlarining yaroqsiz holatga kelgani bo‘yicha fuqarolar tomonidan deputatga murojaat kelib tushgan edi.

Deputat tomonidan ushbu murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mavjud holat dolzarbligi sababli tezkor choralar ko‘rildi. Natijada, deputatning bevosita homiyligida eski yog‘och elektr ustunlari demontaj qilinib, mustahkam va xavfsiz beton ustunlarga almashtirildi.

Yangilangan elektr ustunlari aholi yashash hududi ichida xavfsizlikni ta’minlash, energiya yetkazib berishni barqarorlashtirish va avariyaviy holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholi deputatning masalaga befarq bo‘lmaganini, murojaatga tezkor javob qaytarilganini e’tirof etib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Bu kabi amaliy ishlar – deputatning joylardagi faolligi, aholining hayot sifati uchun mas’uliyat bilan yondashayotganining yaqqol namunasidir.

Slide 1 of 5