Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
❇️ 30 iyul — Xalqaro odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Farg‘ona tumanidagi Xonqiz mahalla fuqarolar yig‘inida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

❇️ 30 iyul — Xalqaro odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Farg‘ona tumanidagi Xonqiz mahalla fuqarolar yig‘inida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon Raximov hamda hudud deputati Ilxomjon Abduraxmonov ishtirok etdilar.

👥 Mahalla faollari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida deputatlar jamiyatda odam savdosining oldini olish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida bunday xatarlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish zarurligi haqida alohida ta’kidlab o‘tishdi.

📌 Suhbat chog‘ida hudud deputati I.Abduraxmonov tomonidan “Altintag” MChJ tomonidan tashkil etilgan ish o‘rinlari haqida ham axborot berildi. Ta’kidlanishicha, mahallada ishsiz aholi bo‘lishiga qaramay, mavjud doimiy ish o‘rinlariga yetarlicha tushuntirish ishlari olib borilmayotgani, ayrim fuqarolarning ishlashga nisbatan passiv munosabati achinarli holat ekanligiga urg‘u berildi.

🔔 Ushbu tadbir odam savdosining oldini olish, aholida xabardorlik va mas’uliyatni oshirish, hamkorlikdagi chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.

✅ Targ‘ibot ishlari belgilangan dastur asosida davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 2