Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
Tumanda "Ishbilarmon ayol" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

 Tumanda "Ishbilarmon ayol" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi 

O‘zLiDeP Quva
tuman Kengashi tashabbusi bilan tumandagi 13-son musiqa maktabi binosida “Ishbilarmon
ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda partiya faollari,
xalq deputatlari Quva tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal Demokratik prtiyasidan
saylangan deputatlar, mahalla vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. 

Tanlovdan ko‘zlangan
asosiy maqsad mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, xususiy
tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish jarayonlarida faol ishtirok etayotgan
ayollarni rag‘batlantirish, ularning faoliyatini keng targ‘ib qilishdan iboratdir. 

Ko‘rik-tanlovda
ishtirok etgan ishbilarmon ayollar o‘z loyihalari, tadbirkorlikdagi yutuqlari, hunarmandchilik
va zamonaviy ishlab chiqarishga qaratilgan tashabbuslari bilan hakamlar hay’atini
va ishtirokchilarni qiziqtira oldi. 

Hakamlar tomonidan
asosiy e’tibor ishtirokchilarning yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy xomashyo
asosida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga
qo‘shgan hissasiga qaratiladi. 

Tanlov yakunida
g‘olib va sovrindorlar O‘zLiDePning diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ular viloyat bosqichida ham faol ishtirok etishlari uchun tavsiya etildi.  

Slide 1 of 5