Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
Deputat va mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlik: aholi muammolarini hal etishda muhim omil

Bugungi kunda mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholining muammolarini joyida o‘rganib, tezkor yechim topish borasida mahalla yettiligi va mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasidagi hamkorlik alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalarning ahvoli, yoshlar bandligi, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, yolg‘iz keksalar va ayollar masalalariga doir mas’uliyatli yondashuv bu tizimning samaradorligini oshirmoqda. 

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Parmanova Nargiza mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aholining bandlik, uy-joy, sog‘liqni saqlash va ta’limga doir muammolarini o‘rganib, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda amaliy yordam choralarini belgiladi. 

Deputat N.Parmanova o‘z fikrida ta’kidladi:

– Mahalla yettiligi — bu faqat rasmiy tuzilma emas, balki jamiyatning eng quyi bo‘g‘inida hal qilinadigan muhim masalalarning birinchi manbaidir. Deputat sifatida biz shu tizim bilan doimiy aloqada bo‘lsak, muammolar joyida, tezkor va samarali hal etiladi. 

Slide 1 of 3