Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
Deputat – mahallada.

    Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi kotibiyati mudiri X.Ibragimova shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, hokim o‘rinbosari A.To‘raqulova bilan birgalikda “Samarqand” va Bobur mahallalardagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ushbu mahallalarda xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy muhitini va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi ma’lum bo‘ldi. Samarqand mahallasida ombor daftari bo‘yicha 60 nafar ishsiz fuqarolar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 54 nafari ayollarni tashkil etadi. Ularni bandligini ta’minlash maqsadida jami 25 nafar fuqaroga (10 nafariga “Biznesga birinchi qadam”, 12 nafariga “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” loyihalari asosida, 3 nafariga PQ-312 –sonli qaror asosida) kreditlar chiqarilgan. Bugungi kunda 54 nafar bandligi ta’minlanishi lozim bo‘lgan ayollarning 44 nafarini bandligi ta’minlangan. Shuningdek, Bobur mahallasida ombor daftari bo‘yicha xotin-qizlar bandligi va “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi o‘rganildi. Har ikkala mahallada ham kambag‘al oilalarga yakka tartibdagi reja asosida ko‘rsatilgan yordamlar “Onlayn mahalla“ platformasida to‘liq aks ettirilmaganligi ma’lum
bo‘ldi. O‘rganish yakuni bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3