Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Xavfsiz yo‘l – umummilliy harakatning mezoni

Xavfsiz yo‘l – umummilliy harakatning mezoni

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda ta’kidlaganidek, 2024 yilda yurtimizda 9364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani va oqibatda 2203 nafar inson hayotdan ko‘z yumgani faqatgina statistik raqamlar emas. 

Shu bois yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash – bu faqat YHXB yoki hokimliklar ishi bo‘lib qolmaydi. Agar haydovchi qoidalarga amal qilmasa, yo‘lovchi xavfsizlikni e’tiborsiz qoldirsa, piyoda belgilangan joydan o‘tmasa – ko‘ngilsizliklar davom etaveradi.

Bu masalada davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolar o‘rtasida samarali hamkorlik yuzaga kelishi lozim. Avvalo, bolalarga yoshligidan yo‘lda o‘zini tutish madaniyatini singdirish zarur. Ommaviy axborot vositalari orqali yo‘l-harakat qoidalarini keng yoritish, haydovchilarni tartibga chaqiruvchi tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish zarur.

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati 

       Muxamedov Xamidulla Xabibullayevich