Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Joriy yilning 14-iyul kuni Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 21-Anorzor saylov okrugi deputati Dilbar Rustamova "Anorzor" mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat 2025-yilning II-choragi bo‘yicha olib borilgan faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi. Unda mahallada amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi o‘zgarishlar, murojaatlar bilan ishlash holati hamda deputatlik nazorati doirasida ko‘rilgan choralar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbir davomida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan muammo va takliflarini deputatga ochiq bayon qilishdi. Jumladan, mahalladagi yo‘l holati, ichimlik suvi ta’minoti, bandlik, yoshlar bilan ishlash kabi masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat deputat tomonidan e’tibor bilan tinglanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv ochiq, samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Bunday uchrashuvlar saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ularning dardini eshitish va hal etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4