Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
G‘uzordagi avtoshohbekat infratuzilmasi takomillashtirilmoqda

G‘uzor tumanida transport sohasini rivojlantirish, aholiga qulay va xavfsiz yo‘lovchi xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tuman hokimi Bekzod Suyunov hamda Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i Bobur Yazdanov tumandagi avtoshohbekat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida avtoshohbekatning hozirgi holati, uning infratuzilmasi, texnik imkoniyatlari hamda tadbirkor tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Ushbu avtoshohbekat xususiy tadbirkor Xabiba Xoliyorova tomonidan faoliyat yuritib kelmoqda. Ayni paytda uning kirish va chiqish yo‘laklarida keng ko‘lamli taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, avtoshohbekat faoliyatini yanada samarali tashkil etish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish, hududda qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida ham taklif va tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida ushbu loyiha nafaqat tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, balki tumanda transport sohasini rivojlantirishga ham xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 2