Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Saylovchilar bilan yuzma-yuz uchrashuv

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati O‘ktam Omonov o‘z saylov okrugi bo‘lgan “Do‘stlik” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuvda deputat o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, muammolarni bartaraf etish yo‘lida ko‘rilgan chora-tadbirlar hamda mahalla rivojiga qaratilgan loyihalar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Jumladan, mahalladagi ichki yo‘llarning ta’mirlanishi, ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi tashabbuslari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, deputat kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlarga ham e’tibor qaratdi. Xususan, mahallada qo‘shimcha sport maydonchasi qurish, maktab infratuzilmasini yaxshilash va ichimlik suvi ta’minotini yanada samarali yo‘lga qo‘yish borasida saylovchilar bilan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar deputatga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar deputat tomonidan yozib olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi ta’kidlandi.

Bunday ochiq muloqotlar mahalla aholisining ijtimoiy faolligini oshirish, deputat bilan bevosita fikr almashish va amaliy takliflar berish imkoniyatini yaratmoqda. 

Slide 1 of 1