Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Tuman maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 10-iyul kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nurmanova Moxichexra 22-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (DMTT) hodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Tadbirda tuman maktabgacha ta’lim tizimi vakillari, tarbiyachilar, metodistlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi – maktabgacha ta’lim tizimida yuzaga kelayotgan dolzarb muammolarni muhokama qilish va ularni hal qilish yo‘llarini izlash edi. Deputat o‘z nutqida so‘nggi yillarda davlat tomonidan maktabgacha ta’limga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritdi va bu boradagi ijobiy o‘zgarishlarni ta’kidladi. Shuningdek, deputat ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy chora-tadbirlar haqida ham ma’lumot berdi. 

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan chiqish qildilar. Jumladan, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minot, ish haqi masalasi, bolalar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq holatlar muhokama qilindi. 

Uchrashuv so‘ngida DMTT xodimlari ushbu muloqot uchun o‘z minnatdorSliklarini bildirib, deputatning joylarda xalq bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazayotgani va ularning fikriga quloq tutayotganini ijobiy baholadilar. 

Slide 1 of 3