Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Xusnora Berdiyarova hamda viloyat Kengashi deputatlari Muxtaram Xasanova va Dilshunos Abdullayevalar tomonidan "Olmazor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mahalla fuqarolari o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va mulohazalari bilan bevosita murojaat qilishdi. Deputatlar esa har bir murojaatga alohida e’tibor qaratib, ayrim masalalarning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga so‘rovlar yuborilishini ma’lum qilishdi.

📌 Muhokamada mahalladagi infratuzilma, elektr ta’minotidagi uzilishlar, ichimlik va oqar suvi, ichki yo‘llarning holati kabi bir qator masalalar ko‘tarildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan 2025-yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi, hisobotlar asosida ochiq muloqot yuritildi.

Bunday uchrashuvlar deputatlar va saylovchilar o‘rtasida ishonchni mustahkamlab, dolzarb muammolarga yechim topishda samarali maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6