Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: Deputat L.Jamalova "Sarbozor" va "Taraqqiyot" mahallalarida axborot uchrashuvi o‘tkazdi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Jamalova tomonidan “Sarbozor” va “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘inlarida saylovchilar bilan navbatdagi axborot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat o‘z faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari asosida ko‘rilgan chora-tadbirlar, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning yechimi yo‘lida olib borilgan tashabbuslar yuzasidan saylovchilarga batafsil axborot berdi.

Shuningdek, saylovchilar tomonidan ilgari surilgan muammolar – ichimlik suvi ta’minoti, mahallalararo yo‘llarning holati, ijtimoiy yordam masalalari, shuningdek, yoshlarga oid dolzarb muammolar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalarning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilib, ayrimlari nazoratga olindi.

Bunday uchrashuvlar aholining davlat boshqaruvi va mahalliy vakillik organlari bilan muloqotini mustahkamlash, ularning taklif va fikrlarini eshitish, mavjud muammolarni joyida hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Slide 1 of 1