Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Biz odam savdosiga qarshimiz

     "Adolat" SDP Bekobod shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat idoralarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G.Sharipova tomonidan "Andijon" mahallasida 2025-yilning iyul oyi "Adolat" SDP Siyosiy Kengashi tomonidan "Odam savdosiga qarshi kurashish oyligi" deb e’lon qilinishi munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda G.Sharipova tomonidan ushbu masala yuzasidan Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida "Biz odam savdosiga qarshimiz" mavzusida uchrashuv va davra suhbatlari olib borishlari rejalashtirilganligini aytib o‘tdi. Bundan maqsad esa fuqarolarimiz xorijiy davlatlarga ishlash maqsadida chiqayotganida aldanib qolmasliklarini oldini
olish, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarga barham berish, ushbu jinoyatning xavf xataridan fuqarolarimizni xabardor etish va bu borada aholini huquqiy madaniyatini oshirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari
tomonidan berilgan savollarga atroflicha ma’lumotlar berildi.  

Slide 1 of 2