Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish Konsepsiyasining mazmun-mohiyati haqida

🔹Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etish bo‘yicha vakolatlari kengayib bormoqda.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF-98-son Farmoni bilan tasdiqlangan Konsepsiyada aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha “Mahalla yettiligi” – tuman Kengashi – viloyat Kengashi – Senat” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilishi, bunda hududlarni rivojlantirish dasturlari ijrosini deputat va “mahalla yettiligi” nazorat qilib borishi tartibi belgilanmoqda.

    Bunda deputatlar o‘z okrugidagi “mahalla yettiligi” vakillari bilan birgalikda dasturda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini manzilli o‘rganib, ularning yechimi bo‘yicha birgalikda harakat qiladi. Kengashlar hamda o‘z navbatida deputatlar tomonidan taqdim qilingan muammo va takliflarni o‘rganib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘radi.

🔹Konsepsiyada belgilangan bu tizim hududlarni rivojlantirish dasturi ijrosiga oid masalalarni hamda aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish imkoniyatini yanada kengaytiradi, bu jarayonda deputatlarning ishtirokini va mas’uliyatini oshiradi, pirovardda aholining davlat organlaridan roziligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ashurov Muzaffar Ortiqboyevich – xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati