Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
MUNOSABAT

 Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev
hamrohligida Ag‘dam shahridagi “Imorat” tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrifi ikki qardosh xalq o‘rtasidagi mustahkam aloqalarning yana bir yorqin dalilidir.
 

G‘ozg‘on shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati sifatida, ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga
asoslangan munosabatlarning yuksak darajada ekanligini yana bir bor tasdiqlashini alohida ta’kidlamoqchiman.
 

Ag‘dam shahrining tarixiy-me’moriy obidasi bo‘lgan “Imorat” majmuasiga tashrif, O‘zbekiston rahbarining Ozarbayjon madaniyati va tarixiga bo‘lgan hurmatini ifoda etadi.
Bu, shuningdek, O‘zbekistonning Ozarbayjonning o‘z hududlarini qayta tiklash va obodonlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashining ramziy ifodasidir.
 

Sammit doirasidagi ushbu tashrif, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-sotiqni rivojlantirish va qo‘shma
investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ishonamanki, ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaydi va xalqlarimizning farovonligiga xizmat qiladi. 

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati Hojiyev Farxod Yusupovich