Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
#MUNOSABAT

Yangi O‘zbekiston – Yangi avlod bilan bunyod etiladi

Davlatimiz rahbari 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishi bo‘yicha erishilayotgan yuksak natijalar haqida so‘z yuritib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘z hududini namunali qilishga va iqtisodiy jihatdan ancha yuksalishiga munosib hissa qo‘shayotgan yoshlarimizning safi tobora kengayib borayotganini e’tirof etdi. Masalan, tadbirkor yoshlar tomonidan tashkil etilgan 261 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshgan. 

Bundan tashqari, “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 100 mingdan ziyod yoshlar, “Kelajakka qadam” dasturi orqali 140 ming oliygoh bitiruvchisining ishga joylashtirilishi hamda “Harakatda daromad” elektron tizimi orqali ta’tildagi 3 million yoshlar malaka talab qilmaydigan ishlar bilan band qilinishi bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda dasturilamal vazifasini
o‘taydi.
 

Albatta, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi istiqbolli islohotlar yoshlarimizning yangidan-yangi cho‘qqilarni zabt etishiga, ularning mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga asos bo‘lishi, shubhasiz. 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Azimjonov