Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
#Deputat munosabati

#Deputat munosabati.
#O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston munosabatlari

✍🏻Mo‘g‘uliston O‘zbekiston uchun Osiyo mintaqasidagi an’anaviy va ishonchli hamkor hisoblanadi. O‘zbekiston — Mo‘g‘uliston munosabatlari do‘stlik, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan.  


O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 25-yanvarda o‘rnatilgan. Shundan buyon ikki tomonlama muloqot izchil rivojlanib, do‘stlik rishtalari, siyosiy hamjihatlikni mustahkamlash va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini namoyon etmoqda. 


So‘nggi yillarda barcha darajadagi aloqalar va almashinuvlar faollashdi. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari jadal o‘sib, qo‘shma korxonalar soni ko‘paydi. Ayni paytda O‘zbekistonda ushbu mamlakat bilan savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida 17 ta qo‘shma korxona tashkil etilgan. Ularning 12 tasi 100 foiz Mo‘g‘uliston kapitali bilan faoliyat yurityapti. 


Ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik ham chuqur tarixiy rishtalarga asoslanadi. Turkiy va mo‘g‘ul xalqlari asrlar davomida Markaziy Yevroosiyo dashtlaridan vujudga kelgan yagona etnik-madaniy va geosiyosiy makonda yashab kelgan. 


Bugungi kunda ikkala tomon ham talabalar almashinuvi, akademik aloqalar, tarix, til va madaniyatni o‘rganish bo‘yicha dasturlarni rivojlantirmoqda. Turkologiya va sharqshunoslik markazlarini rivojlantirish istiqbolli yo‘nalish bo‘lib, Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston tajribasi ilm-fan va ta’lim sohalarini o‘zaro boyityapti.


Umuman olganda, davlatimiz rahbarining Mo‘g‘ulistonga tashrifi O‘zbekiston — Mo‘g‘uliston munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berdi va mamlakatlarimiz xalqlari o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik rishtalarini mustahkamlash va o‘zbek-mo‘g‘ul hamkorligi tarixida yangi sahifa ochdi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati Rashidov O‘tkirbek To‘rabekovi

Slide 1 of 1