Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
"30-iyun – Yoshlar kuni"

Barchangizni yurtimizda keng nishonlanayotgan "30-iyun – Yoshlar kuni" bayrami munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Barchangiz yaxshi bilasiz, biz bugun o‘z oldimizga ulkan marralarni qo‘yganmiz. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik.
Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo‘lg‘usi Renessansning eng muhim bo‘g‘inlari deb hisoblaymiz.
Bugungi kunda mamlakatimizda, jumladan, G‘ozg‘on shahrida ham yoshlarga oid davlat siyosati ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida izchil amalga oshirilmoqda.

Hurmatli yoshlar!
Sizlar – Yangi O‘zbekistonning ertangi egalari, millatimiz kelajagi va Vatanimiz tayanchisizlar. Sizlarning har bir yutuqlaringiz – bu xalqimizning yutug‘i, shahrimizning, jamiyatimizning taraqqiyoti uchun muhim hissa hisoblanadi.
Bugungi global raqobat zamonida zamonaviy texnologiyalar, ilm-fan, innovatsiyalar, axborot-kommunikatsiya sohalarida ilg‘or yutuqlarga erishayotgan yoshlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Shahrimizda yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratilib, ularning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda bandligini ta’minlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!