Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Prezidentimiz tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–98-sonli Farmon — yurtimizdagi islohotlarning yangi bosqichidir.

Prezidentimiz tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–98-sonli Farmon — yurtimizdagi islohotlarning yangi bosqichidir.

 Ushbu Farmon nafaqat mahalliy Kengashlarning huquqiy maqomini mustahkamlaydi, balki dehqondan to akademikkacha bo‘lgan har bir fuqaro hayotiga ta’sir etuvchi masalalarda xalq vakillarining faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

 “Yo‘l xaritasi” orqali deputatlar institutining huquq va majburiyatlari aniq belgilangani, Kengash so‘rovi, Kengash tekshiruvi, sayyor qabullar kabi yangi mexanizmlar orqali deputatlar haqiqiy xalq ichida, xalq bilan birga ishlaydigan yetakchiga aylanishiga zamin yaratmoqda.

 Deputat sifatida biz ham bu islohotlarning faol ishtirokchilarimiz. Prezidentimizning mazkur farmonida belgilangan har bir vazifani amaliy ishlar bilan ta’minlash — asosiy burchimizdir.

 Bugun mahalliy Kengash deputatlarining mas’uliyati bir necha barobar ortayotgan bir paytda, partiyamiz tamoyillariga sodiq qolgan holda, adolat, ijtimoiy himoya, aniq yechimlar bilan odamlarga davo bo‘lish yo‘lida faol harakatdamiz.

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Baxtiyor Shaxobitdinxo'jayevich!