Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan mahallalardagi ijtimoiy soha muassasalari faoliyatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etishga ko‘maklashish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Shu maqsadda, navbatdagi uchrashuv tuman hududidagi “Qirqovul” oilaviy shifokor punktlari (OSHP)da faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahalliy tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi, kadrlar bilan ta’minlanganlik holati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda mavjud muammolar bilan tanishildi.

Tibbiyot xodimlari tomonidan sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, oilaviy shifokor punktlarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan taklif va mulohazalar doimiy komissiyasi raisi e’tiboriga havola etildi. Uchrashuv davomida bildirgan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi. 

Slide 1 of 1