Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 15-A.Temur saylov okrugi deputati Obloqul Isanov tomonidan "S.Ayniy" mahallasida mahalla saylovchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davlatimiz rahbari tomonidan taʼlim sohasiga oid berilgan topshiriqlarni mahalliy darajada keng tushuntirish va ularni amalga oshirish yuzasidan ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi.

Tadbirda mahalla faollari, ota-onalar, taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida deputat Obloqul Isanov xalqimiz oldiga qo‘yilgan muhim vazifalar, xususan, taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli bilim olishini taʼminlash, maktab va oila hamkorligini mustahkamlash borasidagi tashabbuslar haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, fikr va mulohazalar bildirildi. Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan uchrashuvda taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha bir qator amaliy takliflar ilgari surildi.

Mazkur uchrashuv mahalliy aholining taʼlim sohasiga bo‘lgan eʼtibori, o‘z farzandlari kelajagiga daxldorlik hissini kuchaytirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 3