Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
MUNOSABAT

O‘qituvchilarning xorijda malaka oshirishi ta’lim sifatini oshirishda muhim qadam hisoblanadi deb o'ylayman. Angliya, Fransiya, Singapur, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlardagi nufuzli universitetlarda tajriba orttirish orqali ular zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘rganib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar, zero jadidlarimiz ham dunyo bo'ylab ko'plab mamlakatlar ta'limini o'rganishgan va o'z bilimlarini yanada sayqallagan. Xususiy maktablar ham bu jarayonga jalb etilgani ta’lim tizimida teng imkoniyatlar yaratilishini ta’minlaydi. Prezidentimizning ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi va amalga oshirish uchun topshiriq bergani mamlakatimizda ta’lim islohotlariga jiddiy yondashilayotganini ko‘rsatadi. Bu orqali kelajakda bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, ilg‘or metodlardan foydalanuvchi o‘qituvchilar avlodi shakllanadi, bu esa yosh avlodning ham har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetishiga zamin yaratadi.
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Saidova Dilfuza Eshqulovna