Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
“GULOBOD” AHOLISINI TASHVISHGA SOLAYOTGAN QO‘LBOLA SIMYOG‘OCHLAR

Pastdarg‘om tumanidagi “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Akbar Axtamovga aholi o‘zlarini qiynab kelayotgan ayrim masalalar yuzasidan murojaat qilishdi.

Mahalla ahli huddudagi qo‘lbola yasalgan simyog‘ochlarni beton ustunlarga almashtirish fursati yetganligini, bu muammo vaqtida bartaraf etilmasa, ertaga turli ko‘ngilsizliklar ro'y berishi mumkinligini aytishdi.

Murojaat joyiga chiqib o‘rganilganda haqiqatdan ham o‘zi zo‘rg‘a turgan simyog‘ochlar orqali tortilgan elektr tarmog‘idan bir nechta mahalla foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra bu holatni yaxshilash uchun uncha ham ko‘p beton ustunlar talab etilmasligi, bor-yo‘g‘i 7-8 ta beton “stolba” ga ehtiyoj mavjudiligi aniqlandi.

Shuningdek, uchrashuvda aholi 140 ta xonadonni toza ichimlik suvi bilan ta’minlab kelayotgan ichimlik suvi inshoati bugun nosoz holatga kelib qolgani sabab, aholi obi hayotdan qiynalayotganini takidlashdi. Fuqarolar tomonidan yig‘ilgan mablag‘ hisobiga suv inshoatining “bashni” sini qayta ta’mirlagani ammo “skvajina” ni qayta ishga tushirish imkonini topa olishmayotganini bildirdilar.

Bu ish ancha mablag‘ talab qilgani bois saylovchilar deputatdan shu masalada va yog‘och ustunlarni beton usutunlarga almashtirishda yordam ko‘rsatishini so‘rashdi. Akbar Axtamov bu masalalar yechimi bo‘yicha ham tegishliligiga qarab mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputalik so‘rovi yuborilishini, muammolar hal bo‘lmaguncha nazoratda ushlab turilishini bildirdi.

Slide 1 of 3