Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
“Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

✨ “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi hamda Samarqand Agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida "Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligi doirasida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. 

👨‍💼 Tadbirda institut talabalari bilan bir qatorda “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Asqar Xoliqov, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputatlari Inobat Boboqulova va Tolib Jahongirov ishtirok etdi.

🌐 Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusi muhokama qilindi. Tadbir davomida Asqar Xoliqov va deputatlar yoshlar bilan korrupsiyaning salbiy ta’siri, uning oldini olish usullari va zamonaviy texnologiyalar yordamida oshkoralikni ta’minlash masalalarida fikr almashdilar. 

 ✅ Talabalar o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning savollari va takliflari muhokama qilindi. Uchrashuvning maqsadi yoshlarni faol fuqarolar sifatida tarbiyalash, ularni korrupsiyaga qarshi kurashda jalb qilish va ushbu masalada xabardorligini oshirish edi.

✅Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashish orqali samimiy muloqot o‘tkazdilar, bu esa yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchi ekanligi ta’kidlandi va bunday uchrashuvlarning davom etishi zarurligi aytildi.

Slide 1 of 3