Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
“Deputat va yoshlar” uchrashuvi o'tkazildi.

Joriy yilning 22-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida 4-Mustaqillik saylov okrugi deputati Qudratov Shoxrux Odil o‘g‘li tomonidan “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining Yoshlar bandligi, tadbirkorlik va iqtisodiy masalalar komissiyasi raisi Sh. Qudratov bugungi kunda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, yoshlarni hunar va zamonaviy kasblarga, xorijiy tillarga o‘qitish, ma’naviyatini, ma’rifatini yuksaltirish, kitobxonligini oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni hamda “IT” sohasi va sportga keng jalb etish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yangi avlod tadbirkorlarini, jumladan, yosh startapchilarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolarning yechimlari yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, Sh.Qudratov tibbiyot yo‘nalishida yoshlarning innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari hamda tijoratlashtirishga qaratilgan tayyor ilmiy ishlanmalarini xusisy sektor vakillariga taqdim etishda doim hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida, talaba-yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va savollariga javob berildi hamda tibbiyot yo‘nalishida ta’lim dasturlariga o‘zgartirish kiritish kabi takliflari bo‘lsa Oliy Majlisi Senati muhokamasiga kiritilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2