Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
‼️Raqamlashtirish ishlarini kuchaytirish, byurokratik tartiblarni bekor qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash, aholining korrupsiyaga qarshi murosasizligini oshirish lozim bo’ladi

‼️Raqamlashtirish ishlarini kuchaytirish, byurokratik tartiblarni bekor qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash, aholining korrupsiyaga qarshi murosasizligini oshirish lozim bo’ladi

Samarqand viloyatida ham korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati bo'yicha o'rganish o'tkazildi

Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, qurilish, kadastr va maktabgacha taʼlim sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish yo‘nalishida bir necha muhim masala o‘z yechimini kutmoqda. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ullari boshchiligidagi Ishchi guruhning viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlari natijasi shundan dalolat bermoqda. 

O‘rganishlarda yuqorida qayd etilgan korrupsiya xavfi yuqori sohalardagi hududiy bo‘linma va mahallalar faoliyati qamrab olindi. 

Ular tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ayrim ishlar samarali tashkil etilmaganligi, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarida “inson omili” hamon saqlanib qolayotganligini ko‘rsatdi.

Shu bois davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, ushbu hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha masʼullar bilan zarur vazifalar belgilab olindi.

Ushbu vazifalar sohalarda aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, raqamlashtirish ishlarini kuchaytirish, byurokratik tartiblarni bekor qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash, aholining korrupsiyaga qarshi murosasizligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Inobat BOBOKULOVA,

Samarqand shahar 1-FHDYO bo‘limi mudirasi, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati