Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida

♾Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylangan deputat Nargiza Kenjayeva tashabbusi bilan Paxtachi tumanidagi “Qarnabota” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi. 

Unda xalq noibi tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugidagi aholi vakillarining muammo va takliflari tinglandi.

Ularning murojaatlari qabul qilinib, huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.

✨Ta’kidlash kerakki, ushbu sayyor qabul mahalla aholisini yo‘l, ortiqcha sarf-xarajat va boshqa noqulayliklarsiz og‘iri yengil qilishga xizmat qildi deyish mumkin.

❔Sayyor qabul jarayonida 10 dan ortiq masalalar aniqlandi. Misol uchun, fuqaro N.Karimovaning farzandini salomatligini yaxshilash yuzasidan, O.Mansurovning bandligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolari borligi aniqlanib, ro‘yxatga olindi. Mazkur murojaatchilarga tegishli tashkilotlarni jalb qilgan holda amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.

✅Shu bilan birga sayyor qabul davomida aholi qatlamini qonunchilikdagi yangiliklar haqida xabardor qilib, joriy yilning 18-mart sanasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining SQ-102-V-sonli qarori bilan 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan muhim yo‘nalishlari bilan tanishtirib o‘tdi.

Slide 1 of 2