Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini oshirish -davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda inson salomatligini ta’minlash, sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz tashriflari davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2025 yil may oyida aholiga nodavlat tibbiy muassasalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganilishi belgilangan edi.

Ushbu o‘rganish doirasida Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Rahimova Zamira o‘z saylov okrugida joylashgan “Shixobod” mahallasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Ushbu mahallada joylashgan “Malakxonim” MCHJ hamda Yo‘ldosheva Iroda Sultonovna hamshiralik xizmati faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla faollari ishtirokida muloqot o‘tkazilib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar turlari, ularning sifat darajasi, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek, xizmat narxlarining qulayligi muhokama qilindi. Shuningdek, nodavlat tibbiy muassasalar faoliyatida uchrayotgan muammolar, ularni hal etish choralari hamda sohaga tadbirkorlarni jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘rganish natijalari tuman Kengashiga taqdim etilib, tegishli davlat organlari va mutasaddi tashkilotlarga taklif va xulosalar yo‘llanishi belgilandi. Bunda, joylarda nodavlat tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, aholini sifatli va qulay tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash borasida deputatlar faol ishtirokini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganishlar davom etmoqda

Slide 1 of 1