Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
E’TIROF

 E’TIROF 

  

Xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat barcha bayramlarimiz singari «Xotira va qadrlash” kuni misolida ham yorqin namoyon bo‘lmoqda. 

Krevenchuk Anna Ivanovna bu yil 92 yoshni qarshiladi. Uning yoshligi mash’um Ikkinchi jahon urushi yillariga to‘g‘ri kelgan. 8 yoshli qizaloq front ortida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan. G‘alabaga mehnat frontida turib hissa qo‘shgan.
Bolaligini navqiron yoshligini mamlakatni tiklash ishlariga safarbar qilgan Anna Ivanovnaningtaqdiri Uchquduq shahri bilan bog‘landi. Hech bir millatni begona demay mehr ko‘rsatadigan xalqimiz o‘sha suronli yillarda ham bugungi dorilamon kunlarda ham hech kimni e’tibordan chetda qoldirgani yo‘q.
 

Front ortida fidokorona mehnat qilgan va hozirda Uchquduqda yashab kelayotgan mehnat faxriysi Krivenchuk Anna Ivanovna
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-fevraldagi farmoniga asosan, Mudofaa vazirligi tomonidan “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali va 3 mln 300 ming so‘mlik pul mukofoti bilan taqdirlandi.
 

Tantanada tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Uchqun Yelmuratov, Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i mayor Qahramon Davlatov, viloyat “Nuroniylar” jamg‘armasi rahbari Nabiyev Shabbon Shodiyevich, tuman “Nuroniylar” bo‘limi
rahbari, tuman Kengashi deputati Ikrom Rahimov, harbiy qism komandiri Sardor Karimov, tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Muxtor Bozorovmahalla raisi Mirzaqul Isaqulov, 3-maktab “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari, Zarafshon xalq banki vakillari hamda nuroniylar jamg‘armasi mas’ullari ishtirok etdi.
 

Uchquduq faxri bo‘lmish Anna Ivanovna singari bolaligini yoshligining navqiron chog‘larini mehnat frontida o‘tkazgan insonlar jasorati bugungi avlod uchun bukilmas iroda timsolidir. 

  

   

Slide 1 of 7