Do'stlik MFYda Deputat sayyor uchrashuvi o‘tkazildi.
✅Bugun Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi Deputati Nazirov Asiljon Baxtiyorovich, kotibiyat vakillari, "mahalla yettiligi" ishtirokida Do'stlik MFY hududida deputat sayyor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
✅Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanib, joylarda mavjud muammolarni bartaraf etish hamda mahalla aholisi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
✅Mahalla yettiligi tomonidan hududda bajarilgan ishlar hamda muammolarni hal etish yuzasidan shahar hokimi o'rinbosariga Deputat so'rovi yuborildi.