Qo‘shma yig‘ilishni Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishva tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Nazarov To‘rabek Tursunovich raislik qildi va qo‘shma yig‘ilishni olib bordi va kun tartibi bilan tanishtirdi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarorini Olmazor tumanida ijrosi yuzasidan qilinadigan ishlar to‘g‘risida.
2. Olmazor tuman mahalliy byudjetining 2024-yildagi qo‘shimcha mablag‘larni xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida.