«O‘zbekiston - 2030» strategiyasi va 2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”dagi belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, Mirsaid Bahrom mahallasining Yoshlar yetakchisi Davron Ergashev bilan deputat Sh.N.Nasirova suhbatlashdi. Suhbat jarayonida yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, mahalladagi ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, yoshlarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ijobiy hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.