Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi mahalla faollari bilan uchrashdi

Xalq deputatlari tuman Kengashi Jabborov Isroil Ismoilovich tomonidan kecha "Gulzor", "Bobur" va "Toʻpolos" mahallalari faollari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida mahallalarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan quyidagi masalalar koʻrib chiqildi.

Qish mavsumini betalofat va zararlarsiz o'tkazish, ariq-zovurlarni tozalash va betonlashtirish, piyodalar yoʻlaklarini tashkil etish, daraxt va koʻchatlar ekish, bino va devorlarning tashqi fasadini tartibga olish va tungi chiroqlar oʻrnatish boʻyicha mas'ullarga topshiriqlar berildi, shuningdek, ushbu mahallalarning  ichki koʻchalarini asfaltlashtirish rejaga kiritilganligi toʻgʻrisida faollarga tushunchalar berildi.

 

Slide 1 of 4