Jamiyatimizning barcha qatlamlarini tengdek muhofaza qilinishi va ularga g‘amxo‘rlik qilinishi ta’minlanishi uchun davlatimizda “Ayollar daftari” yuritiladigan bo‘ldi. Ushbu daftar ishsiz va yordamga muhtoj barcha xotin-qizlarning ehtiyojlarini taxminlashga xizmat qiladi va ularning turmush tarziga bevosita ta’sir qiladi.
Shu mezonlar orqali Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M.Aliqulova tumandagi “Shayxlar” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Ayollar daftari”ga kirish istagida bo‘lgan xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ularga “Ayollar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar berdi.