Xalq deputatlari Oqdaryo Kengash kotibiyati mudiri D.Adilova ishtirokida 3-sektor hududi “Yangiqo‘rg‘on" MFYda “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish”, “Milliy libos va Maʼnaviyat koʻzgusi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tadbirda tuman targ‘ibot guruhi rahbari D.Adilova hamda tuman ichki ishlar bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori D.Eshonqulova, tuman bosh otinoyisi Sh.Hakimova, mahalla raisi U.Mustafoyev, xotin-qizlar faoli Sh.Mag‘rupova, mahalla otinoyisi M.Haydarovalar so‘zga chiqib, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tushunchalar berishdi. Yangiqo'rgon MFY xotin-qizlar faoli Shahlo Mag‘rupova o‘z ma’ruzasida bugungi kunda xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib, yosh, oilalarda ajrimlarni oldini olish, oila muqaddasligi haqida tushunchalar berib o‘tdi.