Yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari

Joriy yilning 9-yanvar kuni Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi hamda kotibiyatining 2024-yil 8-12-yanvar kunlari uchun haftalik ish rejasining 2 bandiga asosan tuman Kengashi deputati Abdusattorova Dilfuza Otabekovna 12-Ibn Sino saylov okrugidagi saylovchilar va Otayurt mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda deputat D.Abdusattorova 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida axborot berdi hamda fuqarolardan tushgan murojaatlarga huquqiy tushuncha berdi.

Slide 1 of 5