Joriy yilning 18-yanvar kuni Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi hamda kotibiyatining 2024-yil 15-19-yanvar kunlari uchun haftalik ish rejasining 2 bandiga asosan tuman Kengashi deputati Suyarov Olimjon Tursinboyevich 11-Baxmallik saylov okrugidagi saylovchilar va Yangiqishloq mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda deputat O.Suyarov 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida axborot berdi hamda fuqarolardan tushgan murojaatlarga huquqiy tushuncha berdi.