Yangiliklar

Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun!

 2024-yil 15-yanvar kuni Toyloq tumani 3-sektor hududidagi “Talliota” mahalla aholisi ishtirokida Ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari boshchiligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida Toyloq tumanidagi barcha mahallalarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbirlarning 2-bosqich - "Harbiy-vatanparvarlik" tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Tuman Kengashi deputati Z.Avazovning yoshlarimizni milliy va umumbashariy g‘oyalar asosida kamol toptirish, Vatanga sadoqat ruhida
tarbiyalash mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.
  

Slide 1 of 1