Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Niyatova, Payariq tumani Fitrat mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida oilaviy ajrimlarning oldini olish maqsadida, Xo‘ja Ismoil mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbatlashildi, ularning muammolari o‘rganilib, yarashtirish choralari ko‘rildi.