Bugun 2024-yil 26-yanvar Ishtixon tuman maktabgacha va maktab ta’limiga qarashli 67-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Mahallam mening Vatanim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Vatan tayanchi, bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik otryadi a’zolariga Vatan tayanchi emblema va guvohnomasi topshirildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M.Raximov “Bo‘ston” mahalla beshligi, maktab rahbarlari ishtirok etishdi. Davra suhbatida otryad a’zolari va qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga tegishli mutaxassislar tomonidan javob berildi. Davra suhbati ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.