Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
“KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol

❗️ “KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov tomonidan Shayxontohur tumanidagi “Katta Oqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, fuqarolarni qiynayotgan muammolar, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga oid masalalar muhokama qilindi.

📋 Uchrashuvda Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati Kamoljon Xursanov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Asadullayev, tuman hokimining o‘rinbosari R. Kuchkarov hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

🔎 Ochiq muloqot davomida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida hududdagi mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, fuqarolarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan masalalar va ularning yechimiga oid takliflar tinglandi.

🌳 Xususan, mahalla hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hovlilar hamda umumiy foydalanishdagi jamoat joylarini tartibga keltirish, aholi uchun qulay va ozoda yashash muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📉 Shuningdek, fuqarolar tomonidan bolalar o‘yin maydonchalarining holatini yaxshilash, dam olish maskanlarini tartibga keltirish hamda ko‘chalardagi yoritish chiroqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash yuzasidan takliflar bildirildi. Mazkur masalalar bolalarning xavfsiz dam olishi, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va mahalla hududida xavfsiz muhit yaratish nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.

♻️ Deputat Aziz Ibragimov aholi bilan muloqot davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish bilan bog‘liq murojaatlarga ham e’tibor qaratdi.

💼 Bu borada “Mahalla yettiligi” faoliyati, xususan, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodimning aholi muammolarini aniqlash hamda ularni manzilli hal etishdagi o‘rni muhimligi qayd etildi. Fuqarolarning bandlik va ijtimoiy yordamga oid murojaatlarini tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Uchrashuvda mahalla faollari va fuqarolar bilan bevosita fikr almashish orqali mavjud muammolarni joyida aniqlash, ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish zarurligi ta’kidlandi.

💡 Muloqot davomida bildirilgan murojaat va takliflar ro‘yxatga olinib, ularni ko‘rib chiqish hamda hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga yetkazildi. Har bir murojaatning ijrosini ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

⚙️ Mazkur uchrashuv mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘lgan mahalla infratuzilmasini yaxshilash, bolalar maydonchalari va dam olish hududlari holatini o‘rganish, ko‘chalarni yoritish, aholi bandligi va ijtimoiy himoya masalalariga e’tibor qaratish hamda fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

🗣 Aziz Ibragimov fuqarolar bilan bunday ochiq muloqotlar muntazam davom ettirilishini, mahalladagi mavjud muammolar bevosita joyiga chiqib o‘rganilishi va ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishiga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidladi.

🏘 Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning taklif va murojaatlarini tinglash hamda mavjud muammolarga manzilli yechim topish — mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6