Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
“Guliston” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, amaliy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 16-“Guliston” saylov okrugi deputati F.Xomidov saylov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyatini nazorat-tahlil tartibida o‘rgandilar.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 16-“Guliston” saylov okrugi deputati F.Xomidov saylov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyatini nazorat-tahlil tartibida o‘rgandilar.

Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi O‘RQ–1159-sonli “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan ishlash holati hamda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash holati

O‘rganish davomida mahallada mavjud ijtimoiy toifadagi oilalar bilan ishlash, fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va zarur ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish masalalari tahlil qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada 46 ta kambag‘al oila, 52 ta davlat ta’minotidagi oila hamda 25 ta kambag‘allik chegarasidagi oila mavjud. Ushbu oilalar bilan ishlashda ularning ijtimoiy holatini muntazam o‘rganish, ehtiyojlarini to‘g‘ri baholash va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, zarur yordamni tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

🔹 Fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish natijalari

O‘tgan oy davomida mahalladagi ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

▪️ 10 nafar fuqaroga kiyim-kechak xaridi uchun jami 2 million 60 ming so‘m;

▪️ 10 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari xaridi uchun jami 412 ming so‘m ajratilgan.

Shuningdek, 1 nafar fuqaroning ijara to‘lovi uchun 4 million 500 ming so‘m miqdorida mablag‘ to‘lab berilgan.

Mazkur ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, ko‘rsatilayotgan yordamning fuqarolar ehtiyojiga mosligi, ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda manzillilik tamoyiliga rioya etilishi va yordamga muhtoj oilalar bilan individual ishlash samaradorligini oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

🔹 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi

Nazorat-tahlil jarayonida ijtimoiy xodim faoliyatini yanada takomillashtirish, ehtiyojmand oilalarning muammolarini chuqur o‘rganish, ularni hal etishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning natijadorligini oshirish zarurligi qayd etildi.

Yakunida ijtimoiy xodimga oilalar bilan individual ishlashni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash, ajratilayotgan yordamning manzilliligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📌 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan mahallalarda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.