Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masala #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #kuz_qish_mavsumi “Majnuntol” mahallasidagi 6-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Kuz-qish mavsumida ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish, binolarning mavsumga tayyorligini ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-“Majnuntol” saylov okrugi deputati J.Xamroqulov va hamda Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi a’zolari shuningdek
hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Majnuntol” mahallasida joylashgan 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
O‘rganish ishlari Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 21-sentabrdagi VII-25-85-8-121-K/26-sonli “Termiz shahrida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli uy-joylarni mavsumga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.

Jarayonda ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, o‘quv xonalari va binolarda zarur sharoitlarni yaratish, isitish tizimlarining mavsumga tayyorligi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazorati davom etadi. Asosiy maqsad — belgilangan vazifalar ijrosini joyida o‘rganish, ta’lim muassasalarida mavsumni betalafot o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etishga ko‘maklashish.

Slide 1 of 2