Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son va PQ-2-son qarorlari ijrosini ta’minlash doirasida tumanda jinoyatchilikning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida 2026-yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
Muhokama yakunida mazkur masala yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilinib, tegishli qaror loyihasi Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish uchun ma’qullandi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz