Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda o‘rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 25-“Katta Vaxshivor” saylov okrugidan saylangan deputat Jabbarov Jamshid Adashovich hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov tomonidan “Katta Vaxshivor” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisining belgilangan vazifalarni bajarishi, yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, “Mahalla yettiligi” tizimi doirasida yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning amaliy holati savolnoma asosida tahlil qilindi. Bunda yoshlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ishsiz yoshlarni aniqlash va ularni bandlikka yo‘naltirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda “Mahalla yettiligi” doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🤝 Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning tashabbus va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etish — mahalladagi muhim vazifalardan biridir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5