Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda o‘rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
#Deputat_so‘rovi #Aholi_murojaati #Obshir_mahallasida_sport

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Qarshiyev Muzaffar Mirzaxmadovich tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari T.Chorshanbiyevga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.

📌 Murojaat va muammoning mohiyati:

Obshir mahallasi fuqarolarining murojaatiga ko‘ra, 2024-yilgi «Ochiq budjet» dasturining birinchi mavsumi doirasida 1 milliard 640 million so‘m mablag‘ hisobidan 21-sonli maktab balansidagi yer maydonida mini-stadion va kurash zali qurib bitkazilgan.

Biroq, bino foydalanishga tayyor bo‘lsada, bugungi kunga qadar zarur sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlanmagan. Natijada, mahalla yoshlarining kurash bilan muntazam shug‘ullanishi hamda ajratilgan davlat mablag‘lari hisobidan barpo etilgan inshootdan unumli foydalanish imkoniyati cheklanmoqda.

📌 Deputat so‘rovida quyidagi masalalarni hal etish so‘ralgan:

Sport anjomlari bilan ta’minlash: Kurash zalini zarur inventarlar, jumladan kurash gilami, sport matlari va boshqa jihozlar bilan ta’minlash hamda bular uchun mablag‘ manbalari va yetkazib berish muddatlarini belgilash;

Mashg‘ulotlarni samarali yo‘lga qo‘yish: Zal faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish, yoshlar uchun muntazam mashg‘ulotlar tashkil etish hamda zarur hollarda malakali murabbiylarni jalb etish;

Mas’ullarni belgilash: Belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash.
Ko‘tarilgan ushbu masala ijrosi yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda asoslantirilgan javob xati taqdim etilishi kutilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3