Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda o‘rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
“Yalang‘och ota” mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat G.Rasulova tomonidan “Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim A.Ergashevaning O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz yashovchi keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash va zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida mahallada 121 ta oila, jami 403 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Shuningdek, 38 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Bundan tashqari, o‘tgan davr mobaynida aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va ularni zarur yordam bilan ta’minlash maqsadida 279 ta vaucher berilgan.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3